Ushbu maqolada ozbek urf-odatlari folkloridagi shamanlik inisiatsiya marosimining xususiyatlari, shamanlik urf-odatlari va uning nutqiy xususiyatlari korib chiqiladi. Oʻzbek shomanlarining etnofolkloristik jihati Surpa yangilash‖ga bagʻishlash anʼanalarining alohida shakli sifatida oʻrganildi. Yangi dala materiallari asosida inisiatsiya marosimlarining turlari, oʻzbek shomanlarining shaman homiylari oʻrganilgan. Marosimning morfologik tabiati, nutqiy jihatlari, shuningdek, badiiy tafakkurning bosqichma-bosqich rivojlanishidagi roli haqida fikr-mulohazalar bildiriladi
Mazkur maqolada o‘zbeklarning shomoniylik tasavvurlari, shomon mifologiasining tarixiy asoslari tahlil etiladi. O‘zbek xalq mifologiyasida shomoniy e’tiqodning o‘rni, shomoniylik bilan bog‘liq mifologik tasavvurlar asosida ochib berilgan. «Sarmishsoy» qoyalaridagi petrogliflarning Markaziy Osiyoda istiqomat qilgan qadimgi shomonlar bitiklari ekanli suratlarning Oltoy turkiy qavmlari shomonlari childirmasiga chizilgan suratlar va Oltoy shomonligiga doir materiallar bilan qiyoslash opqali asoslangan.